Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Janubiy Xitoy dengizida operatsiya o‘tkazilganini tasdiqladi
AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter AQSh harbiy kemalari oxirgi kunlarda Janubiy Xitoy dengizida operatsiya o‘tkazganini tasdiqladi.
“Biz yaqinda Janubiy Xitoy dengizida operatsiya o‘tkazdik”, deb aytdi AQSh qurolli kuchlari ishlari bo‘yicha senat qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Karter.
Karterning aytishicha, operatsiyalar “yaqin hafta va oylarda ham o‘tkaziladi”. Pentagon rahbari bu operatsiyalarning detallarini ochishdan bosh tortdi.
Karterning ta'kidlashicha, AQSh “o‘zining Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi strategiyasini o‘zgartirish bo‘yicha” qaror qabul qildi. Uning aytishicha, AQSh bu jarayon doirasida mintaqada o‘zining mavjudligi darajasini oshirib boradi.
“Biz xalqaro qonunchilik doirasida uchamiz, suzamiz va harakat qilamiz”, deb ta'kidlab o‘tdi Karter. Karterning ta'kidlashicha, bu nafaqat Janubiy Xitoy dengizi mintaqasiga, balki jahonning qolgan boshqa mintaqalariga ham tegishlidir.
Avvalroq Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQShning Lassen esminetsi Xitoy hukumatining ruxsatisiz Janubiy Xitoy dengiziga, Xitoy o‘ziniki deb biladigan bahsli Nansha orollari yaqinidagi suvlarga noqonuniy kirib borganini ma'lum qilgandi. Xitoy TIV AQShning bu harakatlari Xitoy daxlsizligini buzishi va uning xavfsizligiga tahdid solishini aytib, AQShga qat'iy norozilik bildirgan.