20:03 / 28.10.2015
4108

Putin terrorchilikka qarshi yakka holda kurashishning imkoni yo‘qligini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin terrorchilikka qarshi yakka holda samarali kurashishning imkoni yo‘qligini aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Sizning maxsus xizmatlaringizning samarali ishisiz bizning davlatlar rivojlana olmaydi. Bugunda uyushgan jinoyatchilik va terrorchilikka qarshi yakka holda hech kim samarali kurasha olmaydi, shuning uchun siz yig‘ilib, muammolarni muhokama qilishingiz, yechimlarni izlashingiz, ishlarni boshqarishingiz, bularning barchasi shak-shubhasiz juda muhimdir”, deb aytdi Putin MDH davlatlari xavfsizlik va maxsus xizmatlar idoralari rahbarlari bilan uchrashuv davomida.

Avvalroq Putin BMTning terrorchilikka qarshi kurashdagi markaziy rolini mustahkamlash kerakligini aytgan edi.

Top