Jahon | 20:46 / 28.10.2015
3691
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya havo-kosmik kuchlari Xomsdagi “Jabhat an-Nusra”ning qo‘mondonlik punktini yo‘q qildi

Rossiya havo-kosmik kuchlariga qarashli bo‘lgan Su-34 bombardimonchisi Xoms viloyatidagi “Jabhat an-Nusra” terrorchilik guruhining qo‘mondonlik punktini yakson etdi. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya mudofaa vazirligi vakili general-mayor Igor Konashenkov ma'lum qilgan.

"Xoms viloyatining Tel-Bisa aholi yashash punktida “Jabhat an-Nusra” jangarilarining qo‘mondonlik punkti yo‘q qilindi ", - dedi general.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jangarilar ikki qavatli binoni egallab olishgan. Binoning yonida ularga tegishli bo‘lgan yirik kalebrli pulemyot va minomyotlar bilan jihozlangan to‘rtta jipi bo‘lgan.

"Uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatining razvedkasiga asoslanib Su-34 bombardimonchisi marraga aniq zarba yo‘lladi, jangarilarning barcha avtotransport vositalari yo‘q qilindi”, - deb tasdiqladi general.