15:00 / 28.10.2015
2785

Ruhiy muammolari bor haydovchi Belgiya bosh vazirining kortejidagi mashinalarga kelib urildi

Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel ketayotgan kortej ustiga qasddan bostirib borgan haydovchi qo‘lga olindi. Bu haqda La Derniere heure gazetasi ma'lum qilgan.

Aniqlik kiritilishicha, bu voqea 27 oktabr kuni Bryussel-Namyur sodir bo‘lgan.

Qo‘lga olingan shaxs bosh vazirning kortejiga hujum qilayotganidan o‘zi bexabar bo‘lganini bildirgan.

Uning tan olishicha, u anarxist bo‘lib, miltillab turuvchi ko‘k mayoqcha bilan jihozlangan avtomobillar uning asabiga tegadi.

Kortejga hujum qilgan shaxs ruhan nosog‘lom ekani, u avval ham "politsiya avtomobillariga hujum qilgani uchun" hibsga olingani ma'lum qilingan.

Top