Fan-texnika | 19:56 / 28.10.2015
4110
1 daqiqa o‘qiladi

Tokio motoshousida Mazda yangi avtomobilini namoyish etdi

Tokioda o‘tkazilayotgan navbatdagi motorshouda bir qancha hayrotomuz dasturlar namoyish etilmoqda. Ushbu shouda yapon avtomobilsozlari ham o‘zlarining takrorlanmas avtomobillari bilan ishtirok etishmoqda. Kolesa.kz ning ma'lum qilishicha, shouda Mazda ham o‘z avtomobili bilan qatnashdi. Afsuski yangi mashinaning xarakteristkasi haqida kompaniya ma'lumot bermagan. Marka vakillarining ma'lum qilishicha, ular reallikda ishlab chiqarishni istagan ushbu kontsept kompaniya kelajagini ifodalaydi.

Avtomobil harakat chog‘ida yangi SKYACTIV-R aylanma dvigateli yordamida ishlaydi. U haqda to‘liq ma'lumotlar yo‘q, ammo qiziquvchilar uchun bir necha takliflar bor. Ularning ma'lumotlariga ko‘ra, mashina gibridli turbo bilan jihozlanadi. Past havoda motorni elektrik kompressor harakatga keltiradi. Natijada 450 quvvat vujudga keladi.

Avtomobilning qachon sotuvga chiarilishi noma'lum. Kompaniya ichki manbasiga asoslaniladigan bo‘lsa, u yoki 2017 yilda yoki 2020 yilda sotuvga chiqariladi.