O‘zbekiston | 23:00 / 28.10.2015
6219
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi o‘zgarishsiz qoladi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishidagi chiptalar uchun reklama narxining amal qilishini uzaytirmoqda.

“Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishidagi aviachiptalar uchun reklama narxining amal qilishi 2015 yilning 30 noyabrigacha uzaytiriladi. Parvozning narxi barcha to‘lovlarni hisobga olgan holda bir tomonga 18 yevroni tashkil qiladi”, deyilmoqda aviakompaniya bergan xabarda.

O‘zbekiston fuqarolari chiptalarni Markaziy bank kursi bo‘yicha so‘mlarda olishlari mumkin bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish