Toshkentda o‘ljasini xalqaro tashkilotga “mayor” etib tayinlashiga ishontirgan qallob qo‘lga olindi
Toshkentda istiqomat qiluvchi fuqaro Marat Xoliqov qalbaki guvohnomalar tayyorlab, ular yordamida odamlarni aldayotgani aniqlanib, jazoga tortildi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, Xoliqov o‘z ishida ro‘yxatlarda qayd qilinmagan “Xalqaro tabiatni muhofaza qilish tashkiloti” va “Diyonta mehr shafqat” MChJ nomlaridan foydalangan. Jumladan, fuqaro Shavkat Husanovni aldab, uni xalqaro tashkilotga “nazoratchi mayor” lavozimiga ishga kiritib qo‘yishi mumkinligini, u yerda Husanov 300-400 dollar maosh olishini aytgan.
Bunga dastlab ishongan Husanov unga 100 dollar va 200 ming so‘m berishga ko‘ngan. Ammo keyinroq aldanganini tushunib, tegishli idoralarga murojaat qilgan.
Xoliqov Husanovdan kelishilgan pullarni olayotgan paytda qo‘lga olindi.