Jahon | 09:34 / 28.10.2015
3782
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston Afg‘onistondagi zilzila qurbonlariga gumanitar yordam ko‘rsatadi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Afg‘onistonning Badaxshon, Taxor, Nangarxar, Kunar va Kobul viloyatida zilzila oqibatida zarar ko‘rganlarga gumanitar yordam ko‘rsatish to‘g‘risida farmon chiqardi.

Hujjatga ko‘ra, sanoat vazirligi hamda “Turkmang‘allaunumlari” davlat birlashmasiga Afg‘oniston Islom Respublikasiga tegishli mahsulotlarga beg‘araz asosida gumanitar yordam tariqasida o‘tkazish topshirilgan.

Shuningdek, avtomobil transporti vazirligiga yuqoridagi mahsulotni qo‘shni mamlakat hududiga o‘z hisobidan yetkazib berish topshirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish