Jahon | 08:34 / 28.10.2015
2726
1 daqiqa o‘qiladi
Ukraina va ayirmachilar o‘rtasida asirlar bilan almashish 29 oktabrda amalga oshiriladi
Ukraina va o‘zini mustaqil deb e'lon qilgan Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasi vakillari asirlar bilan almashish bo‘yicha kelishib oldilar. Almashuv 29 oktabrda amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
Bu haqda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) vakili Martin Saydik ma'lum qildi.
“Asirlarni bir vaqtda ozod qilish 29 oktabrda bo‘lib o‘tadi”, deb aytdi Saydik.
Qayd etilishicha, Kiyev 11 kishini, DXR va LXR 9 kishini ozod qiladi.
Saydik “20 kishi bu juda ozligini” ta'kidlab, “barcha asirlar va noqonuniy ushlab turilgan shaxslarni ozod qilishga” chaqirdi.