15:18 / 28.10.2015
2856

Zlatan Ibrohimovich "Zlatan" atirini taqdim etdi

PSJ jamoasining shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibrohimovich erkaklar uchun o‘z ismi bilan atalgan yangi atirni taqdim etdi. Bu atirning taqdimoti Yelisey maydonidagi Marionnaud do‘konida o‘tkazilgan.

Ushbu atir qora-ko‘k rangli idishda bo‘lib, 53 yevrodan taklif etilmoqda. Zlatan brendi ostidagi pardoz mahsuloti shu yilning iyunida ham taqdim etilgandi.

Ma'lumot uchun, Zlatan Ibrohimovich Parijga 2012 yilning yozida "Milan"dan 20 mln yevro evaziga kelgandi. U bu jamoa bilan 3 marta ketma-ket Fransiya chempioni, 3 martadan Fransiya Kubogi va Fransiya Superkubogi sohibi, shuningdek 2 marta Fransiya Ligasi kubogi sohibi bo‘lishga erishgan.

Shu yilning iyunida portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu CR7 (Cristiano Ronaldo 7) brendi ostida atir ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar qilingandi.

Top