Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple kompaniyasining sobiq direktori Huawei smartfonlarini rivojlantiradi
Xitoyning smartfonlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Huawei o‘z mahsulotlaridagi dizaynni yanada rivojlantirish uchun Apple kompaniyasining sobiq badiiy direktori Ebigeyl Brodini yolladi. Bu haqda kompaniya ma'lumotiga asoslanib, CNBC xabar bermoqda. U foydalanuvchilar bilan tajriba almashuvchi bosh dizayner etib saylandi.
Weibo mikroblogida keltirilgan kompaniya ma'lumotiga ko‘ra, Brodi Huawei mahsulotlarining dizayn ishlanmasiga javobgar bo‘ladi. Ma'lumotda yana shu narsa keltiriladiki, Brodining dizaynerlik studiyasi AQShda joylashadi.
LinkedIn dagi Brodining profilida yozilishicha, u Apple kompaniyasida o‘n yildan ortiqroq vaqt davomida badiiy direktor va menejyer bo‘lib ishlagan, deb ma'lum qilmoqda CNBC. U birinchi iPhone va iCloud bulutli xizmati dizayni ishlanmalarida ishtirok etgan.