Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyani Suriyadagi siyosatni tartibga solish ishlariga qatnashayotgani bilan qutlaydi
AQSh davlat departamentining rasmiy vakili Jon Kirbi Suriyadagi ziddiyatni tartibga solish uchun AQSh, Rossiya, Eron, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Misr, Qatar, Livan, Yevropa Ittifoqi va Fransiya ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tishini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.
“Ayni damda bizga ma'lum bo‘ldiki, uchrashuvga AQSh, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Eron tayyor. Misr, Qatar, Livan, YeI va Fransiya uchrashuvga juma kuni yetib kelishadi”, — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu uchrashuvga taklif qilingan boshqa davlatlar hozircha unda qatnashish istagini bildirishganicha yo‘q.
Uning ta'kidlashicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari Suriyadagi siyosatni tartibga solish uchun Rossiyaning qatnashuvini qutlaydi va harbiy sohada ham o‘xshash qadamlar tashlashini kutib qoladi.