Jahon | 08:27 / 29.10.2015
3177
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyadagi muammoni hal etish uchun Rossiya va Eron bilan hamkorlik qilishga tayyor

AQSh Suriya inqirozini hal etishda Rossiya va Eron bilan ishlashga tayyor, deb ma'lum qilmoqda Oq uy vakili Erik Shults. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

“AQSh Suriyadagi ziddiyatni hal etishda har qanday davlat, jumladan, Rossiya va Eron bilan ham hamkorlik qilishga tayyor”, — dedi Shults. Uning ta'kidlashicha, buning uchun muzokaralar omadli, har bir tomonni qiziqtira oladigan “kalit”larga ega bo‘lishi kerak.
Avvalroq Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif va uning o‘rinbosari 30 oktabr kuni Suriyaga muzokaralar olib borish uchun tashrif buyurishi ma'lum qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish