Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinadagi prezidentlik saylovida muxolifatchi nomzod ustunlik qilmoqda
Argentinadagi prezidentlik saylovlarida muxolifatchi nomzod Maurisio Makri yetakchiligidagi "Respublika taklifi" konservativ partiyasi saylovning birinchi turidan 3 kun o‘tgan vaqtda oldinda bormoqda. Bu haqda Argentinadagi Clarin va Perfil nashrlari ma'lumotida aytilgan.
Elypsis tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomalar va tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, ikkinchi turda Makri uchun saylovchilarning 48 foizi ovoz berishga tayyor. Daniel Stsiolini esa 37 foiz saylovchi qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan. 6 foiz saylovchi "Hammaga qarshi" variantini tanlagan, 9 foiz saylovchidan so‘rovnomaga javob olinmagan.
Shuningdek, Gonzalez & Valladares tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra ham, Makri 45,6 foizga 41,5 foiz ko‘rinishida ustunlik qilmoqda.
25 oktabr kuni o‘tkazilgan saylovda davomat 80,86 foizni tashkil qilgan, 97,19 foiz byulletenlar hisoblab chiqilganida, Stsioli uchun 36,86 foiz, Makri uchun 34,33 foiz ovoz berilgani ma'lum bo‘lgandi.
Ikkinchi tur 2 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.