Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bu yil 800 mingga yaqin kishi Yevropadan o‘zlariga qochqin maqomini berishini so‘radi
Bu yil 800 ming nafarga yaqin kishi Yevropa mamlakatlaridan ularga qochqin maqomini berishlarini so‘ragan. Bu o‘tgan yilnikiga qaraganda, ikki baravarga ko‘pdir. Bu haqda 29 oktabr kuni BMT Oliy komissiariatining qochqinlar masalasi bo‘yicha boshqarmasi ma'lumotiga asoslanib, Times gazetasi ma'lum qilmoqda.
"Yil boshidan beri Yevropaning 38 mamlakatida har oyda 60 dan 115 ming nafar kishi qochqin maqomini olmoqda. O‘tgan yilning yanvar oyidan avgust oyiga qadar 397 ming kishining ana shunday maqomga ehtiyoji bor edi. Bu yilning hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 834 ming nafarni tashkil etmoqda ", - deb ma'lumot beradi BMT Oliy komissiariatining qochqinlar masalasi bo‘yicha boshqarmasi.
Suriya, Afg‘oniston va Iroqdan kelgan aksariyat kishilar YeIning rivojlangan mamlakatlaridan ushbu maqomni olishga intilishadi.