20:01 / 29.10.2015
6333

Endilikda Wi-Fi orqali devor ortidagi odamni ko‘rish mumkin bo‘ldi

Massachusets texnologiya instituti tadqiqotchilari Wi-Fi orqali devor ortida turgan odamni aniqlaydigan tizim yaratishdi, deb xabar bermoqda The Verge.

Maxsus dastur yuboriluvchi va qabul qiluvchi Wi-Fi to‘lqinlari yordamida ishlaydi. RF-Capture deb nomlangan qurilma devor ortida turgan odam tasvirini xuddi teplovizor tasviri singari ko‘rsatadi. Tananing turli qismlari turli ranglarda ifodalanadi.

Qurilma inson tanasi va harakatini 90 foizlik natija bilan aniqlab beradi. Shunindek, u qo‘shni xonada turgan 15 nafarga yaqin odamni ajratib ko‘rsata olish quvvatiga ega. Tadqiqotchilar qurilma ishlaydigan vidoyeni ham taqdim etishdi.

Muhnadislarning fikricha, RF-Capture qurilmasi yordamchi vasifasini o‘tashi mumkin, masalan, yolg‘iz yashaydigan kishilar uchun. Qurilma bir vaqtning o‘zida yiqilib tushgan odamni payqashi va u haqda kerakli joyga xabar qilishi mumkin. Tadqiqotchilar u uzatadigan tasvirlarni yanada tiniqlashtirish ustida ishlashayotganini ma'lum qilishgan.

Top