Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:26 / 29.10.2015
2370
1 daqiqa o‘qiladi
Yevropa Ittifoqi 170 nafar belarusdan sanksiyalarni olib tashladi
Yevropa Ittifoqi davlatlari hukumatlari Belarusning 170 nafar fuqarosiga qarshi avvalroq kiritilgan sanksiyalarning amal qilishini 4 oyga to‘xtatdilar, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.
Bundan tashqari, sanksiyalar amal qilishi 3 ta yuridik shaxsga nisbatan to‘xtatildi.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi davlatlari hukumatlari Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga qarshi kiritilgan sanksiyalardan voz kechishgan edi.
Belarus rahbari Yevropa bilan munosabatlar to‘liq normallashib ketishiga umid bildirmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish