Texnologiya | 23:15 / 29.10.2015
2869
1 daqiqa o‘qiladi

GoPro o‘zining kvadrokopteri yordamida olingan videorolikni chop etdi

GoPro ekshen-kameralari va ularga aksessuarlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi GoPro kompaniyasi o‘zi ishlab chiqargan kvadrokopter yordamida yozib olingan videorolikni YouTube videoxostingida chop etdi.

Dron ishlab chiqarilganini kompaniyaning bosh ijrochi direktori Nik Vudman tasdiqladi, biroq hozircha bu qurilmaning na tashki ko‘rinishi va na texnik ko‘rsatkichlari ma'lum emas. Shunisi ma'lumki, dron kamerani barqarorlashtirish tizimiga ega bo‘lib, uning anonsi 2016 yilning birinchi yarmiga rejalashtirilgan.

Video 1440p ko‘rsatish qobiliyatiga ega GoPro HERO4 kamerasida olindi. Rolikka berilgan izohda suratga olishdan keyin hech qanday dasturiy barqarorlashtirish o‘tkazilmagani aytilgan. “Bu ajoyib sifatdagi tasvirga misol bo‘la oladi va biz bunday tasvirni bizning dronimiz yordamida olishimiz mumkin”, deyilmoqda kompaniya xabarida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish