Jahon | 08:45 / 29.10.2015
2201
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyada qirg‘oqlari yaqinida qochqinlar qayiqlari halokatga uchrab, 5 bola cho‘kib ketdi

28 oktabr kuni Gretsiya qirg‘oqlari yaqinida qochqinlarni olib ketayotgan 4ta qayiq halokatga uchradi va 5 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda Frans Press agentligi xabar bergan.

Shuningdek, bu hodisa tufayli yana ikki kishi halok bo‘lgan.

Qutqaruv amaliyotlari davomida 200dan ortiq kishi suvdan chiqarib olingan.

Biroz oldinroq, Xalqaro migratsiya tashkiloti 2015 yilning boshidan buyon Yevropaga O‘rta Yer dengizi orqali Yaqin Sharq va Afrikadan 704 ming 227 kishi o‘tgani haqida ma'lum qilgandi. 3257 kishi Yevropaga yeta olmasdan, suvga cho‘kib ketgan.

Qayd etilishicha, Turkiya va Gretsiya orasidagi hudud doimiy shamollar tufayli kema va qayiqlar harakati uchun xavfli hudud hisoblanadi. 2015 yilning 10 oyida Gretsiya hududiga jami 560 ming 683 nafar qochqin kirib kelgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish