Jahon | 20:06 / 29.10.2015
7607
2 daqiqa o‘qiladi

Guardian: Mogerini Rossiyani Suriyada bo‘lishi mumkin bo‘lgan “afg‘on ssenariysi”dan ogohlantirdi

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini Rossiya agar Suriyada o‘tish davrini amalga oshira olmasa, uning uchun “afg‘on ssenariysi” takrolanishi mumkinligi haqida ma'lum qildi. Bu haqda The Guardian gazetasi yozmoqda.

“O‘ylaymanki, Rossiya barini tushunib, harakat qilyapti. Agar u Suriya hukumatining o‘tish davrida barcha xatti-harakatlarini aniq amalga oshirmasa, bu uning uchun tuzoq vazifasini o‘taydi va natijada Rossiya uchun “afg‘on ssenariysi” takrorlanishi mumkin”, — dedi Mogerini nashrga bergan intervyusida.
“O‘ylaymanki, ruslar o‘zlarining harbiy salohiyatlariga qaramay, Suriya hukumatining o‘tish davrini amalga oshirish uchun turli manfaatlar yotganini tushunishadi”, – deb ta'kidlagan Federika Mogerini.
U shuningdek, jihodchilar ichida Rossiya fuqarolari ham borligini, agar ular o‘z mamlakatlariga qaytadigan bo‘lsa, bu Rossiya uchun jiddiy xavf bo‘lishi mumkinligini ta'kidalagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish