Jahon | 15:24 / 29.10.2015
6462
2 daqiqa o‘qiladi

Guardian: Obama noilojsizlikdan Rossiya bosimi ostida Suriyadagi taktikasini o‘zgartirmoqda

AQSh prezidenti Barak Obama Suriyadagi taktikasini bu AQShning IShIDni yutish va Suriya prezidenti Bashar Asadni ag‘darishga bir necha muvaffaqiyatsiz urinishlaridan keyin AQShning nufuzini tiklashga yordam berishiga umid qilgan holda o‘zgartirmoqchi, deb yozmoqda The Guardian nashri.

AQSh taktikasining o‘zgarishi Rossiya va Eron Yaqin Sharqda ta'sir o‘tkazishni o‘z qo‘liga olishi va Obamaning bu mintaqadagi barcha harakatlari esa “betartiblik va beqarorlikka” aylanishi qo‘rquvi ostida diktovka qilinmoqda.

Ayni paytda Oq uy yangi harbiy operatsiyalar o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu choralar Suriyada chekli sondagi maxsus qo‘shinlar va Iroqda hujumkor vertolyotlarni vaqtinchalik joylashtirilishini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, Vashington kurd ayirmachilari bilan yaqindan hamkorlik qilish imkoniyatiga yo‘l qo‘ymoqda. AQSh mudofaa vaziri Eshton Karterning aytishicha, AQShning yangi strategiyasi uchta “r”ga asoslanadi: “Rakka (IShIDning Suriyadagi muhim punkti), Ramadi (IShID jangarilari tomonidan bosib olingan Ambar viloyatining poytaxti) va reydlar o‘tkazilishiga mujassamlanadi.

Obama tanqidchilarining ta'kidlashicha, Obamaning aralashmaslik siyosati Rossiya va Eronga Yaqin Sharqda mustahkam o‘rinlarni egallashiga imkon berdi. Harbiy sharhlovchi Charlz Krautxammerning aytishicha, Obama “o‘z bo‘ynidan javobgarlikni soqit qilib”, Suriyadan o‘zini chetga olmoqchi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish