Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyadagi konda baxtsiz hodisa tufayli 12 kishi halok bo‘ldi
Indoneziyaning G‘arbiy Yava viloyatidagi kon shaxtasida baxtsiz hodisa yuz berib, 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Bangladesh Today gazetasida xabar berilgan.
"Qimmatbaho rudalar olinadigan konda o‘pirilish yuz berib, Sumarta oroli va Kalimantan orolidan kelgan noqonuniy ishchilar vayronalar ostida qolishgan. Xavfsizlik texnikasiga rioya qilinmagani tufayli yuz bergan hodisa tufayli bu kondagi ishchilarning 12 nafari havo yetishmasligidan halok bo‘lgan", deydi mahalliy politsiya boshlig‘i.
OAVning ma'lum qilishicha, mahalliy ma'muriyat konni bir oy avval yopib qo‘yganligiga qaramasdan, konchilar unda noqonuniy ishlashda davom etgan.
Ma'lum qilinishicha, Indoneziyada keyingi oy ichida ikkinchi marta oltin konlarida bunday baxtsiz hodisa qayd etilmoqda. Biroz oldinroq, G‘arbiy Kalimantan viloyatida yuz bergan shunday hodisa tufayli 18 kishi halok bo‘lgandi.