Jamiyat | 21:31 / 29.10.2015
5376
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda tungi yo‘lto‘sarlar qo‘lga olindi

Joriy hafta IIV xodimlari tomonidan Namangan shahrida 2 nafar yo‘lto‘sar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aytilishicha, Mamasoli ismli fuqaro kechki vaqtda shahar ko‘chalaridan birida ketayotganida 2 yigit uning yo‘lini to‘sib, qo‘lidagi sumkasini tortib olgan. Sumka ichida 1 mln so‘m pul va turli buyumlar bo‘lgan.

Fuqaro ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilganidan so‘ng yo‘lto‘sarlar tezlik bilan qo‘lga olingan. Qimmatliklar egasiga qaytarilgan.
Ayni paytda tergov ishlari davom etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish