Jahon | 00:44 / 29.10.2015
3429
2 daqiqa o‘qiladi

Pentagon: AQShning Suriyada IShIDga qarshi zarbalari jadalligining kamayishi Rossiya harbiy-koinot kuchlarining faolligi bilan bog‘lanmagan

AQShning joriy yilning sentabr oyida Suriya hududida IShIDga qarshi zarbalari sonining kamayishi Rossiya harbiy-koinot kuchlari operatsiyasi boshlanishi bilan hech qanday bog‘lanmagan. Bu haqda Iroq va Suriyadagi “Mustahkam qat'iyatlik” operatsiyasi qo‘mondonligi rasmiy vakili, Bog‘doddan videoaloqa orqali Pentagonda yig‘ilgan jurnalistlar bilan suhbatlashgan polkovnik Stiv Uorren ma'lum qildi.

“Bu hech qanaqasiga ruslar bilan bog‘liq emas”, deb aytdi Uorren. Shu bilan birga u oxirgi uch oyda g‘arb kuchlari haqiqatan ham Suriyada bombardimonlarni kamroq o‘tkazganlarini tan oldi, biroq, Uorrenning aytishicha, bu holat ko‘pgina omillarga bog‘liq holda yuzaga kelgan. Uorren xususan Iroqda quruqlikdagi xatti-harakatlar faollashganiga ishora qildi. Uning aytishicha, bu holat havoda qo‘shimcha kuchlarni jalb qilinishini talab qiladi.

Uorren taqdim qilgan ma'lumotlarga ko‘ra, sentabr oyida IShIDga 100ga yaqin zarba berilgan, vaholanki avgust oyida bu ko‘rsatkich deyarli 2 marta ko‘proqni, ya'ni 200taga yaqinni tashkil qilgan. Iyul oyida esa jangarilar 350 marta hujumga uchragan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish