Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha O‘zbekistonda energetik texnologiyalar sohasidagi loyihani amalga oshiradi
Polshaning Convert energy Sp.z.o.o. kompaniyasi “O‘zbekenergo” bilan hamkorlikda O‘zbekistonda energetik texnologiyalar sohasidagi loyihani amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya direktori Kshishtof Korchak ma'lumot berdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, ushbu loyiha ikki tomonlama hamkorlik natijasida bir muddat davomida ishlab chiqilgan va endilikda ijroga hozir bo‘lib turibdi.
“Noyabrda Toshkentda o‘tadigan Xalqaro investitsion forum doirasida biz o‘z loyihamizning taqdimotini o‘tkazmoqchimiz”, - uning so‘zlarini keltiradi “Jahon” agentligi.
Ta'kidlanishicha, loyiha innovatsion texnologiyalar vositasida chiqindilar utilizatsiyasi va gazlarning zararli tashlamalarini qisqartirishga yo‘naltirilgan.