Jahon | 20:58 / 29.10.2015
4397
1 daqiqa o‘qiladi

Rada binosida qizil yulduz o‘rniga uch ayri o‘rnatildi

Ukraina Oliy radasi binosi ustiga mamlakat gerbidagi uch ayri o‘rnatildi”, deb ma'lum qildi feysbukda parlament spikeri Vladimir Groysman.

“Endi Oliy rada tepasida Uch ayri turadi. Parlamentda joriy qilinadigan maksimal darajada qulay va Yevropa namunalariga yaqin qilib ishlagan kiyim bilan birga totalitar o‘tmishning ramzlarini ham o‘zgartirmoqdamiz. Endi orqaga diktaturaga qaytish bo‘lmaydi”, deb aytdi Groysman.

Avvalroq bino shpilida qizil yulduz bo‘lgan, u 2014 yil fevralda kesib tashlangan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish