Jahon | 16:09 / 29.10.2015
4281
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi: Curiyada kimyoviy qurol-aslaha mavjud emas, biroq IShIDda bor

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining qurollanishni nazorat qilish masalalari bo‘yicha departamenti boshlig‘i Mixail Ulyanov Suriyada kimyoviy qurolsizlantirish jarayoni yakuniga yetganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

“Barcha kimyoviy qurol-aslahalar Suriya tashqarisiga olib chiqildi. Umumiy miqdordagi kimyoviy qurol-aslahadan faqatgina bir foizini yo‘q qilish qoldi. Shu ishlar bilan shug‘ullanayotgan AQSh firmasi texnologik muammolarga duch keldi va hali ishini tugatganicha yo‘q. Lekin Suriya hududi kimyoviy qurol-aslahalardan tozalandi”, deya xabar berdi Ulyanov.

Shu bilan birga diplomatning ta'kidlashicha, IShID terrorchilari kimyoviy qurol-aslaha ishlab chiqarish uquvlarini egallab olgan. “Terrorchilar tomonidan Suriya va Iroq hududida kimyoviy qurol-aslaha qo‘llangani haqida ko‘pgina dalillar qayd qilingan”, deb aytdi Ulyanov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish