01:23 / 29.10.2015
3206

Sayyohlar guruhidan ajralib qolgan sayyoh olti kun deganda uyiga qaytdi

Pekinda sayyohlik guruhidan ajralib qolgan 73 yoshli xitoylik olti kun deganda yayov yurib, uyiga qaytdi, deb ma'lum qilmoqda The South China Morning Post.

Yuy sharifiga ega chol Pekin markazida joylashgan Taqiqlangan shaharda ekskursiyada bo‘lgan. Shunda ular aylanib yurgan hududga ko‘plab odam keladi va xitoylik o‘z guruhini yo‘qotib qo‘yadi. Muammo shundan boshlanadiki, u putunxua boshqara olmas, Xitoy rasmiy tilida gapirishni bilmas, o‘zi tug‘ilib o‘sgan Chjetszyan viloyati shevasida gapirardi. Uni esa hech kim tushunmasdi.

Yuy o‘z ekskursovodini topa olmasligiga ko‘zi yetgach, quyoshni mo‘ljalga oladida, Pekindan 1,5 ming kilometr uzoqlikda joylashgan ona qishlog‘i tomonga, janubi-g‘arbga qarab piyoda yo‘l oladi.

Sayyohat Tyantszin viloyati politsiyasi erkakni topguniga qadar olti kun davom etadi. Mahalliy hukumat vakilining so‘zlariga ko‘ra, Yuy qorni ochganda taom sotib olgan, uyqusi kelganda chetroq joylarga chiqib uxlagan.


Turagentlikda esa sayyohlardan biri g‘oyib bo‘lganligini aniqlab, uning qarindoshlariga xabar berishdi. Ammo Yuyni topishning imkoni bo‘lmaydi. Chunki u mobil telefon ishlatmasdi-da. Bundan tashqari, Yuyning yonida shaxsini tasdiqlaydigan hech qanday hujjat ham bo‘lmagan.

Top