15:47 / 29.10.2015
5872

Shimoliy Koreya terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi o‘yindan 3 kun oldin Toshkentda bo‘ladi

Shimoliy Koreya terma jamoasi Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi 6-turi doirasidagi O‘zbekistongan qarshi o‘yinni o‘tkazish uchun 9 noyabrda yetib keladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi sayti xabar bergan.

KXDR terma jamoasi Toshkentga charter reys bilan uchib, mahalliy vaqt bilan soat 15:00da O‘zbekiston poytaxtiga yetib keladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – KXDR o‘yini 12 noyabr kuni, “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 18:00da start oladi.

O‘yinni Alirizo Fag‘oni boshchiligidagi eronlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

6-tur oldidan Shimoliy Koreya terma jamoasi “H” guruhida 13 ochko bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi. O‘zbekiston esa raqiblarga nisbatan bir o‘yin kam o‘tkazgan bo‘lib, 9 ochko bilan ikkinchi o‘rinda boryapti.

Top