Texnologiya | 19:55 / 29.10.2015
2332
1 daqiqa o‘qiladi

Sony Toshiba bilan optik sensorlar borasida muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi

Yaponiyaning biznes nashri bo‘lmish Nikkei Sony va Toshiba kompaniyalari o‘rtasida CMOS optik sensorlari borasida muzokaralar bo‘lib o‘tganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Slashgear.com.

Sony uchun iPhone va Galaxy S6 kompaniyalari tomonidan ishlatiladigan ushbu sensor moslama har tomonlama ustuvor va daromadli hisoblanadi. Kompaniya bu bozorda 40 foizlik ulushga ega va o‘z o‘rnini yanada mustahkamlash uchun Toshiba bo‘limlaridan birini sotib olmoqchi. Kompaniya ushbu yo‘nalish uchun maxsus Sony Semiconductor Solutions loyihasini tuzdi. Unga muvofiq Yaponiyaning Oita shahrida joylashgan Toshiba zavodi ko‘zdan kechiriladi.

Kompaniya yil oxiriga qadar rasmiy shartnoma imzolab, 2016 yilning martiga qadar shartnomani bajarishni rejalashtirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish