Jamiyat | 08:12 / 29.10.2015
5131
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyada halok bo‘lgan rossiyalik askarning sevgan qizi yori Suriyaga borishni istamaganini aytdi

Suriyada o‘z joniga qasd qilishi oqibatida halok bo‘lgani taxmin qilinayotgan, shartnoma bo‘yicha xizmat qilgan rossiyalik harbiy Vadim Kostenkoning sevgan qizi Tatyana Suprun yigitning Suriyaga borishni unchalik istamaganini aytdi, deb xabar bermoqda “Govorit Moskva”.

“U menga u yerga unchalik borishni istamayotganini aytgan. Ularni harbiy qismda safga tortib, kim borishni istamasa safdan chiqishni so‘rashganda, hamma bir-biriga qarab qo‘ygan, biroq xizmatdan bo‘shatib yuborilishdan qo‘rqib, hech kim safdan chiqishga botina olmagan. Men uni qanday qilib Suriyaga yuborishgani va u tibbiy ko‘rikdan qanday qilib o‘tganini umuman tushunmayapman. Chunki u ko‘pincha yuragidan shikoyat qilardi. Qandaydir dorilar ichib yurardi. Biroq uning aytishicha, shifoxonada uning sog‘lomligini aytishgan”, deb aytmoqda Suprun.

Suprunning aytishicha, yigit bilan uning orasida hech qanday tortishuv bo‘lmagan. Uning aytishicha, u yori bilan uning o‘limi kuni gaplashgan va “hammasi risoladagidek bo‘lgan”.

Rossiya Mudofaa vazirligi taxminiga ko‘ra, Suriyada texnik mutaxassis sifatida harbiy xizmat o‘tagan askar sevgan qizi bilan tortishib qolgandan keyin navbatchilikdan keyin dam olish paytida o‘z joniga qasd qilgan.

Harbiy 28 oktabrda o‘z ona qishlog‘i Krasnodar o‘lkasining Grechanaya Balka qishlog‘ida harbiylarga xos tarzda izzat-ikrom bilan dafn qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish