Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada hukumat qo‘shinlari as-Safira shahriga uyushtirilgan hujumni qaytardilar
Suriya hukumat qo‘shinlari IShIDning Halabdan 35 km janubi-g‘arbdagi as-Safira shahriga uyushtirgan hujumini qaytardilar. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
Himoyada ishtirok etgan zobitning so‘zlariga qaraganda, jangarilar yomon ob-havodan foydalanib shaharga hujum uyushtirishgan. Shu bois SAR harbiy havo kuchlari ularga qarshi aviatsiyani qo‘llay olmagan.
Ekspert Muhammad Kamol Jafonning Al Mayadeen telekanaliga bergan intervyusida ta'kidlashicha, hukumat qo‘shinlari tayyorlanayotgan hamla haqida oldindan bilishgan. Jangarilarning asosiy maqsadi Halabdan Raqqaga eltadigan yo‘ldagi Qayras harbiy aerodromini egallash bo‘lgan.