Jahon | 09:06 / 29.10.2015
1933
1 daqiqa o‘qiladi

Venada Suriya yuzasidan o‘tadigan uchrashuvda BMT bosh kotibining vakili Staffan de Mistura bo‘ladi

30 oktabr kuni Suriya mavzusida Venada o‘tadigan uchrashuvda BMT bosh kotibining vakili uning Suriya bo‘yicha elchisi Staffan de Mistura bo‘ladi. Bu haqda bugun Jyenevada emissarning matbuot kotibi Jyessi Cheyxayn xabar qildi.

“BMTning Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura bosh kotibning Suriya bo‘yicha Venada o‘tadigan konferensiyada vakili bo‘ladi”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Suriya inqirozini bartaraf qilish bo‘yicha muzokaralarga 10 davlatning tashqi ishlar vazirlari tashrif buyurishi mumkin. “To‘rtlik” (AQSh, Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni) uchrashuvi 29 oktabr kuni kechasi o‘tkaziladi, qolgan ishtirokchilar muzokaralarga 30 oktabr kuni qo‘shiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish