Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: NATO Rossiya bilan chegaralarida harbiylari sonini oshirish chora-tadbirini ko‘rib chiqmoqda
NATOga a'zo davlatlar o‘z hududlarining Rossiya bilan chegaradosh qismida harbiylari sonini oshirish chora-tadbirini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal.
Diplomat va harbiy ofitserlarning fikricha, bu harakatlar NATO tomonidan Moskva ta'sirini kamaytirish uchun amalga oshirilyapti, deb yozadi nashr.
Alyansning rejasiga muvofiq Polshada qurollangan batalon bo‘ladi va Boltiqbo‘yi davlatlari —Litva, Latviya va Estoniyada 800 dan 1000 nafargacha qurollangan askarlardan iborat bo‘limlar bo‘ladi.
AQSh va alyansning boshqa a'zolari bu g‘oyani qo‘llab-quvvatlashmoqda. Germaniya hukumati esa bunga nisbatan ikkilanish bilan qaramoqda. Tez-tez bo‘lib o‘tayotgan suhbatlarda ular Moskvani doim ham dushman deb bilmasliklari va Rossiyani Yevropadan to‘sib qo‘ymoqchi emasliklarini tilga olishmoqda.