Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya hukumati AQShning Okinavadagi aviabazasini ko‘chirish ishlarini qayta boshlab yubordi
Yaponiya hukumati 29 oktabr kuni AQShning Okinavadagi Futemma aviabazasini ko‘chirish ishlarini qayta boshlab yubordi. Boshlangan qurilish ishlari Okinava prefekturasidagi Ginovan shahrida joylashgan bazani shu viloyatdagi Xenokoga ko‘chirishni nazarda tutadi.
Ilgariroq Okinava hokimiyati qurilish ishlarini o‘tkazishga ruxsatnomani bekor qilgan edi. Lekin davlat yerlari, infrastruktura, transport va turizm vazirligi bu qarorni amaldan chiqardi. Okinava hokimiyatining e'tirozlariga qaramay, markaziy hukumat o‘z xatti-harakatlarini xalqaro huquq me'yorlariga mos deb hisoblamoqda.
Oxirgi marta bazani ko‘chirish bo‘yicha kelishmovchilik oktabrning o‘rtalarida kelib chiqqan edi. O‘shanda Okinava hokimi Takeshi Onaga qurilish ishlariga berilgan ruxsatnomani qaytarib olgan edi.