Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Chegara bilmas shifokorlar” Suriyadagi 12 ta shifoxona bombardimonga uchraganini ma'lum qildi
Sentyabr oyi oxiriga qadar Suriyadagi 12 ta shifoxona bombardimonga uchragan. Bu haqda “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro tashkilotining saytida ma'lumot keltirilgan.
Natijada 35 nafar kishi halok bo‘lgan. Ular orasida tibbiyot xizmatchilari va bemorlar ham bor. 72 nafar kishi esa jarohat olgan. Tashkilotning tasdiqlashicha, olti shifoxonadan uchtasini yopishga majbur bo‘lingan. Aviazarbalar, shuningdek, to‘rtta tibbiy yordam mashinasini ham yakson qilgan.
Tashkilotning ta'kidlashicha, aviazarbalar Idlib, Aleppo va Xama viloyatlaridagi odamlarning ommaviy qochishiga sabab bo‘lgan. Tashkilotning ma'lum qilishicha, o‘n minglab odamlar o‘z uylarini tashlab chiqishga majbur bo‘lishgan, shulardan aksariyati yaqin atrofdagi qishloqlarga yashirinishgan.
“Chegara bilmas shifokorlar” aynan kim aviazarbalar berganligiga oydinlik kiritmagan.