O‘zbekiston | 11:55 / 30.10.2015
2104
1 daqiqa o‘qiladi

2017 yilga kelib “O‘zmetkombinat” metall mahsulotlar tannarxini bir qadar tushirishga erishadi

2017 yilga kelib “O‘zmetkombinat” korxonasi metall mahsulotlar tannarxini bir qadar tushirishga erishadi. Bu haqda Sputnik agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, korxona bu davrga kelib 15 ming tonna ferrosilitsiy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Bu nafaqat mamlakatning ichki metallurgik mahsulotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bilan birga, xom ashyoni xorijga eksport qilishga yordam beradi.
Ushbu modda po‘lat quyish ishlab chiqarilishida keng qo‘llanadi. Shu bois ko‘rsatilgan yilga kelib mamlakatda chiqarilayotgan metall mahsulotlarining tannarxi anchagina tushishi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish