11:13 / 30.10.2015
3884

AQShda Fransiya tashqi ishlar vazirining o‘g‘lini hibsga olish uchun order berildi

AQShning Nevada shtati hukumati Fransiya tashqi ishlar vaziri Loran Fabiusning o‘g‘li Tom Fabiusni hibsga olish uchun order berdi. Bu haqda Le Point gazetasi yozmoqda.

OAV ma'lumotiga ko‘ra, Tom Fabius Las-Vegas qimorxonalaridan birida ta'minotga ega bo‘lmagan chek ishlatgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, u o‘tgan yilda 1 million yevro qiymatiga ega chekni naqdlashtirgan edi.
Avvalroq fransuz tergovchilari Monako kazinosi qanday qilib Tomning 700 ming yevrodan iborat qarzini kechib yuborganligi bilan qiziqib qolishgan edi.

Top