14:30 / 30.10.2015
3040

Biznes-seminar o‘zgarish yasaydigan fursat o‘rnida

"Men qay vaqt bo‘lsa ham muloqotda bo‘lgan har bir muvaffaqiyatli suhbatdoshimda, uning hayotida, boshqa ilgarigidek yashashni istamasligi natijasida, aniq va lo‘nda qaror topilgani – o‘zgarish yasaydigan bir fursatni boshdan kechirganini aniqladim. Qachonlardir, ularning hammasi turmushning huzur-halovatini surish qarorini qabul qilishgan. Kimdir bunday qarorni 15 yoshida, yana kimdir 50 yoshida qabul qilgan. Aksariyat kishilar esa umuman bunday qarorni qabul qilmaydilar...”

Brayan Treysi

Bugun Brayan Treysi, kanadalik biznes-trener, maslahatchi va amaliyotchi, shou-biznes yulduzidek tinglovchilari bilan to‘lgan zallarni to‘plamoqda. Unga dunyoning barcha burchaklarida talab katta. Uning hisobida AQSh, Kanada va jahonning boshqa 69 mamlakatining 5 000 000 tinglovchilari uchun 5000 dan ziyod seminarlar va praktikumlar mavjud. Yetakchi spiker sifatida Brayan Treysi har yili 250 000 kishilik auditoriyalar oldida chiqish qiladi.

Yevropada Brayan Treysi seminarlari kattagina pulni talab qiladi: 600 dan 5 000 yevrogacha. Ammo u o‘zgarmas tarzda to‘liq zallarni va auditoriyalarni to‘playdi, uning sehri esa o‘z ta'sirida davom etmoqda. Xo‘sh, uning siri nimada?

Brayan Treysi seminarlari o‘z tuzulmasiga ko‘ra eng samaralilardan biri hisoblanadi: ma'ruzalar dasturi shunday tuzilganki, siz bayon etilayotgan narsaning mohiyatini bir lahzada tushunib olasiz va barcha yo‘riqlarni amalda darhol qo‘llay olasiz. Natijada, siz nihoyatda qisqa muddatda ulkan muvaffaqiyatlarga osongina erishasiz. Seminar ahamiyati unga sarflangan mablag‘lar miqdorini yuz karra oshib o‘tadi.

Garchi Brayan Treysi allaqachon ma'lum va mashhur bo‘lgan haqiqatlarni izohlasa-da, uning o‘zigagina xos energetikasi, ulkan hayotiy tajribasi, o‘z tajribasiga asoslangan yorqin misollari, hamda seminarlarida qatnashuvchi muvaffaqiyatli kishilar hosil qiluvchi takrorlanmas muhit - tinglovchilarni uning tadbirlariga yana va yana jalb etaveradi. Har kim o‘zi uchun qandaydir yangilik kashf qiladi va uning muvaffaqiyat sari yo‘li yanada real, sezilarli va aniq bo‘lib qoladi.

Brayan Treysi – nafaqat boshlang‘ich tadbirkorlar uchun, va balki, qachonlardir yangi kashfiyotlarga o‘zi ruhlantirgan va hozirga kelib e'tibor qozonishga ulgurgan biznesmen va rahbarlarning ustozidir. Ular ham, o‘z navbatida, buni yashirmaydilar:

Radislav Gandapas,
MDHda eng ko‘p unvonlarga ega biznes-trener

Brayan Treysi – afsonaviy qahramon inson yoki biznes Gurusigina emas. Uning o‘zi bu kabi tavsiflarga kinoya bilan qaraydi. Eng avvalo, u butun dunyo bo‘yicha yuzlab kompaniyalarni tashkil qilgan va rivojlantirgan kishidir. Uning tajribasi bebaho, bilimlari chuqur, ular bilan ulashish uslubi esa oson va juda samarali. U biznes mafkurachisi. Lekin, eng avvalo, u – ish faoliyati va turmushda samaradorlikni oshiruvchi qator vositalarning muallifidir. Mazkur vositalar bilan u bajonidil o‘z seminarlarida ulashadi. Yengil va tushunarli tarzda.
Shubhasiz, uning treninglariga bo‘lgan talab butun dunyo bo‘yicha taklifdan oshib o‘tadi. Uning passiv daromadi o‘zidagi talablarini qoplaydi. Shunday bo‘lsa-da, u treninglarni o‘tkazishda davom etmoqda. Deyarli sakson yoshida. Ochiq bir muloqoti davomida u, boshqalarga foyda keltirishga intilish – bu uning quvvati, ish faoliyati va butun hayotining asosi bo‘lib xizmat qiluvchi o‘zagi ekanligini izhor qilgan.

Marshal Goldsmit,
WALL STREET JOURNAL fikriga qaraganda, dunyoning eng sara kouch (trener)lari o‘ntaligiga kiradi

Uning bu g‘oyalari, haqiqatda, ish beradi. Brayan Treysi – dunyoda eng a'lo murabbiy va kouchlardan biridir. Sizga u singari ko‘plab amaliy maslahatlarni boshqa hech kim bermaydi.

Mark Kukushkin, BESTT&DGROUP direktori

Brayan Treysi seminarlari, har bir ishtirokchini “ilib oluvchi”, o‘ziga xos biznes muhitni shakllantiradi. Shaxsan men Treysining Moskvadagi seminarida ko‘p narsani o‘rgandim, asosiysi, bundan tashqari, men biznesimni rivojlantirish uchun 20 dan ortiq yangi g‘oyalarni yozib oldim.

Roza Anoxina, haftalik bosma nashrning bosh direktori

Brayan Treysi – noyob shaxs. Men uning muvaffaqiyati va samaradorligining sirini aniqlash uchun har bir so‘zini ilib olardim. Treysi nihoyatda muhim, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan voqeliklar haqida fikr yuritadi. Allaqachon ma'lum narsalar haqida. “Nima bo‘lsa ham muvaffaqiyatga erishish”, “har qanaqangi baho bilan birinchi bo‘lish” qabilidagi soxta maqsadlar ortidan biz ko‘pincha pisand qilmay qo‘ygan narsalarimiz haqida.

Agshin Gadjiyev, Ucell iste'molchilar bo‘g‘imi departamentining direktori

Ishonamanki, bo‘lajak seminar qatnashchilarining barchasi shaxsan o‘zlari uchun va, umuman olganda, professional faoliyati uchun ko‘pgina foyda chiqara oladilar. Zero, har birimiz kelgusida qanday yo‘l tutish, qanday qaror qabul qilish kerakligini hal qilishda u yoki bu sabablar tufayli qiyinchilik sezgan vaziyatlarni bir marta bo‘lsa ham boshdan kechirganmiz.
Brayan Treysi ko‘pchilik uchun maksimumga erishish uchun, hayotda to‘g‘ri qaror qabul qilish va hatto kerakli yo‘nalishda ilk qadam qo‘yishga yordam bergan inson sifatida tan olinadi. O‘ylaymanki, qatnashchilar seminarga tashrif buyurib, o‘z hayotlarini yanada ijobiy tomonga o‘zgartira oladigan yo‘riqlarga ega bo‘la oladilar!


Qanday qaror qabul qilasiz? Muvaffaqiyatga erishini maqsad qilib qo‘yasizmi yoki o‘zingiz uchun shinam bo‘lgan doirada qolaverasizmi? Qarorni qabul qilish o‘zingizga havola, albatta. Agar-ki, muvaffaqiyatni tanlagan bo‘lsangiz, biz sizni Brayan Treysining 2015 yil 7 noyabr kuni Turkiston San'at Saroyidagi seminarida intiqlik bilan kutib qolamiz.
Seminar to‘g‘risidagi batafsil ma'lumot tadbirning rasmiy saytida www.change.uz va (+99890) 994-12-11, (+99890) 995-12-11, +998 (90) 994-16-11 telefonlari orqali mavjud.

Top