Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fiat Chrysler butun dunyo bo‘ylab 900 mingga yaqin avtomobilini qaytarib oladi
Fiat Chrysler Automobiles (FCA) butun dunyodan xavfsizlik tizimidagi muammo tufayli 894 mingdan ortiq avtomobilni qaytarib oladi. Bu haqda kompaniyadagi manbasiga asoslanib, Assoshieyted Press nashri xabar qilgan.
Ma'lum qilinishicha, kompaniyaning 2012 yildan 2015 yilgacha ishlab chiqarilgan 542 mingta Dodge Journey va Fiat Freemont avtomobillari ABS tizimidagi muammolar tuzatib berish uchun ortga chaqirib olinadi.
Shuningdek, 2003-2004 yillarda ishlab chiqarilgan 352 mingta Jeep Grand Cherokee va Liberty rusumidagi avtomobillar xavfsizlik yostiqchasidagi muammolar tufayli ortga qaytariladi. Qayd etilishicha, shunday muammolar tufayli 7 kishi jabrlangan.