Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 15:26 / 30.10.2015
2399
1 daqiqa o‘qiladi
Google 2017 yilga qadar Android va Chrome OS operatsion tizimlarini birlashtirmoqchi
Google kompaniyasi 2017 yilga qadar Chrome OS va Android operatsion tizimlarini birlashtirishni rejalashtirmoqda, deb yozmoqda The Wall Street Journal.
Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, Google mutaxassislari 2 yildan beri operatsion tizimlarni birlashtirish ustida ish olib bormoqda. Kompaniya operatsion tizimning birinchi ko‘rinishini 2016 yilda namoyish qilmoqchi. Foydalanuvchilar uchun u 2017 yilda taqdim etiladi.
Ma'lum qilinishicha, Google ikki operatsion tizimning birlashgan holatiga yangi nom bermoqchi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish