Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Dotkom yaqinda internet anonim MegaNet bilan almashishini va'da qildi
AQSh hukumati tomonidan mualliflik huquqini buzganlikda ayblanib qidirilayotgan, MegaUpload.com servisi asoschisi Kim Dotkom SydStart startaplar konferensiyasidagi qisqa videochiqishida anonim va xavfsiz MegaNet tarmog‘i haqida ma'lumot berdi.
Mashable nashrining yozishicha, tarmoq maxsus xizmatlar ta'qibidan tamomila ozod bo‘ladi.
Dotkom taklif qilgan yangi internet asosida blockchain algoritmi yotadi. U Bitcoin kriptovalyutasi asosida ishlaydi, o‘ta uzun kriptokalitlarning qo‘llanishi esa u yerdagi akkauntlarni buzib kirishni superkompyuterlar orqali amalga oshirishga ham imkon qoldirmaydi.
Tarmoq uskunalari unikal IP adreslariga ega bo‘lmaydi, shu bois ularni kuzatish va joyini aniqlash yanada murakkablashadi. Tarmoq, Dotkomning ishontirishicha, “odamlardan odamlarga” tarqatiladi.
MegaNet amaldagi infrastrukturadan foydalanadi, lekin uni yangi bosqichga ko‘taradi.