18:45 / 30.10.2015
8584

KUN.UZ dayjesti: 30 oktabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 30 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

O‘zbekiston yadroviy xavfsizlikni kuchaytirmoqda>>

O‘zbekiston Markaziy Osiyoni yadrodan holi zonaga aylantirish prinsipiga izchil rioya qilmoqda, deb hisoblaydi ekspertlar. 24 sentabr kuni Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) yordamida mamlakat o‘zining yuqori boyitilgan uran zaxiralarini xorijda xavfsiz saqlashga yubordi.

O‘zbekiston tezyurar poyezdlarni sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolaydi>>

«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi keyinga haftaning oxirida Ispaniyaning Talgo kompaniyasining ikkita tezyurar elektropoyezdini sotib olish bo‘yicha shartnomani imzolaydi, deb xabar bermoqda kompaniyaning boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Davron Dehqonovga iqtibos keltirgan holda Sputnik nashri.

2017 yilga kelib “O‘zmetkombinat” metall mahsulotlar tannarxini bir qadar tushirishga erishadi>>

2017 yilga kelib “O‘zmetkombinat” korxonasi metall mahsulotlar tannarxini bir qadar tushirishga erishadi. Bu haqda Sputnik agentligi xabar bermoqda.

Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Jumhuriyat kunida o‘zbek tilida chiqish qildi>>

Kecha, 29 oktabr kuni Turkiyada Jumhuriyat kuni nishonlandi. Ushbu bayram sharofatiga Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi Grand Mir Hotel mehmonxonasida tantanali qabul uyushtirdi.

Suriyalik va afg‘onistonlik ayrim jangarilar O‘zbekiston hududida yashirinishmoqchi>>

Navoiy madaniyat va san'at kollejida “Tinchlikni saqlash – dolzarb vazifa” mavzuida seminar o‘tkazildi, deb xabar beradi “Znamya drujby” gazetasi. Tadbir tashkilotchilari MXX viloyat boshqarmasi, IIB, Respublika ma'naviyat targ‘iboti markazi, viloyat hokimiyati va “Kamolot” YoIH viloyat kengashi bo‘ldi.

O‘zbekistonda jurnalistlar uchun imloviy xatolarni ko‘rsatuvchi dastur ishga tushiriladi>>

O‘zbekistonda matn va jumlalardagi xatoliklarni ko‘rsatib beradigan dasturiy ta'minot ishlab chiqarilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Abdulaziz Abdullayev ma'lum qildi.

Vazirlik: 9 oy davomida xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi 27,7 foizga o‘sdi>>

27 oktabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2015 yilning 9 oy yakunlari bo‘yicha faoliyatiga bag‘ishlangan hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mikrofirma va kichik korxonalar uchun soliq to‘lovlari 5 foizga tushirildi>>

O‘zbekistonda mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovini 6 foizdan 5 foizgacha pasaytiriladigan bo‘ldi. Bu haqda kecha, 29 oktabr kuni bo‘lib o‘tgshan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Byudjyet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida aytildi.

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda OAVning roli muhokama qilindi>>

2015 yilning 30 oktabr kuni Toshkentdagi “City Palace” mehmonxonasida O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda OAVning roli” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Benin O‘zbekistonga yangi elchisini jo‘natdi>>

2015 yilning 30 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Benin Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Aniset Gabriel Kachofani qabul qildi.

O‘zbekistonda 64,5 foiz bolalar mutlaq sog‘lom deb topildi>>

2014 yilda O‘zbekistonda 6 mln 500 ming nafar maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, maktab, kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o‘quvchilari chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi.

Oltinko‘l iqtisodiyot kollejida “Biz jinoyatchilik va terrorizmga qarshimiz” shiori ostida tadbir o‘tkazildi>>

30 oktabr kuni Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi iqtisodiyot kasb-hunar kollejida “Biz jinoyatchilik va terrorizmga qarshimiz” shiori ostida ma'naviy-marifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kun.uz maxsus muxbiri xabar berdi.

O‘zbekistonda har yili 2 milliondan ortiq kishi tez tibbiy yordam xizmatidan foydalanadi>>

29 oktabr kuni Toshkentda O‘zbekiston shoshilinch tibbiy yordam vrachlar assotsiatsiyasi III qurultoyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Euronews telekanalining yangi mavsumida Buxoro va Termiz haqida videoreportajlar uzatiladi>>

Euronews telekanali saytida O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish maqsadida o‘zaro hamkorlik doirasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar joylashtirildi. Bu haqda «O’zbekturizm» MK matbuot xizmati xabar bergan.

Toshketda 93 mln so‘mlik sigareta kontrabandasi to‘xtatib qolindi>>

Toshkentdagi “Toshkent AERO” punkti xodimlari joriy yilning 9 oyi mobaynida tamaki mahsulotlari kontrabandasining 45 faktini qayd qilishgan. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy sayti orqali xabar qilindi.

Yil boshidan buyon 25ta klip milliy telekanallar efiridan olib tashlandi>>

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tashabbusi bilan ommaviy madaniyatni targ‘ib qilayotgani yoki milliy mentalitetimizga mos kelmasligi sababli 25ta klip milliy telekanallar efiridan olib tashlandi.

O‘zbekistonda faqat jonli ijro eta oladigan san'atkorlarga litsenziya beriladi>>

Respublikamiz va undan tashqarida gastrol-konsert faoliyatini, shuningdek to‘y, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmatini ko‘rsatish istagidagi san'atkorlar ijod namunalarini jonli ijro eta olgan taqdirdagina litsenziyaga ega bo‘ladi.

O‘zbekistonda san'at faxriylariga bag‘ishlangan hujjatli filmlar olinmoqda>>

O‘zbekistonda bir qator mashhur san'atkorlarning hayot yo‘li va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli filmlar suratga olinmoqda. Bu haqda “O‘zbekfilm” kinostudiyasi direktori v.b. Komiljon Shamsuddinov ma'lumot berdi.

Dori-Darmon AK dorixonalar va dori narxlarini O‘zbekiston ochiq ma'lumotlar portaliga joylashtirdi>>

Dori-Darmon AK dorixonalar va dori vositalari narxlarini O‘zbekiston ochiq ma'lumotlar portaliga joylashtirdi.

Top