Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDRda Koreya mehnat partiyasining keyingi 35 yil ichidagi ilk s'yezdi o‘tkaziladi
Koreya mehnat partiyasi 1980 yildan beri ilk marta s'yezd o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qildi.
Kiodo nashrida yozilishicha, bu s'yezdda mamlakatning uzoq yillik rivojlanish dasturi qabul qilinishi mo‘ljallangan.
Qayd etilishicha, partiyaning tashkil topganiga 70 yil bo‘lgani (10 oktabr) ham ushbu s'yezdning shu yili o‘tkazilishiga turtki bo‘lgan.
S'yezd chog‘ida partiyaning mamlakat boshqaruvidagi rolini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Ma'lumot uchun, bu s'yezd partiya tarixidagi yettinchi, Kim Chen In davridagi ilk s'yezd bo‘ladi.