20:12 / 30.10.2015
5245

Medvedev Tojikiston prezidentini halok bo‘lgan muhojir bolakayning ishi so‘ngiga qadar olib borilishiga ishontirdi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni Sankt-Peterburgda halok bo‘lgan tojikistonlik muhojir bolaning ishi so‘ngiga qadar olib borilishiga ishontirdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti». Bu haqda bosh vazir matbuot xizmati ma'lum qilgan.

“Dmitriy Medvedev Emomali Raxmonni shu narsaga ishontirdiki, ushbu ish tegishli organlarga yuklatilgan va u so‘ngiga qadar davom ettiriladi”, — deyiladi ma'lumotda.

Shuni eslatib o‘tmoqchimizki, Tojikiston fuqarosi bo‘lmish bola Sankt-Peterburgdagi politsiya bo‘limlaridan birida bir necha soatlik ushlab turish natijasida halok bo‘lgandi.

Top