Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev va Jon Kerri Ostonada ko‘rishishadi
AQSh davlat kotibi Jon Kerri o‘zining Markaziy Osiyodagi turnesi doirasida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan ko‘rishadi, deb xabar qilmoqda Qozog‘istondagi AQSh elchixonasi ma'lumotiga asoslanib, Novosti-Kazaxstan axborot agentligi.
Turne dasturida Qozog‘istonga tashrifdan tashqari Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlariga ham tashrif buyurish nazarda tutilgan. Elchixona axborotiga ko‘ra, AQSh davlat kotibining Qozog‘istonga ilk tashrifi 1—3 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
“Tashrif doirasida Jon Kerri Ostonada Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashadi va ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi matubot-xizmati ma'lumotida.