Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odil Ahmedov: Terma jamoada sardorlik bog‘ichi menga omad keltirmoqda
O‘zbekiston terma jamoasi va "Krasnodar" yarim himoyachisi Odil Ahmedov "buqalar" saytiga intervyu berdi.
"Sardorlik bog‘ichi O‘zbekiston terma jamoasida menga omad keltiryapti. Bahraynga qarshi bahsda jamoadoshim yetkazib bergan to‘pga chap oyoq bilan zarba berdim, ammo to‘p o‘ng oyog‘imga tegib yo‘nalishini o‘zgartirdi va gol urdim. Omadim keldi.
Babayan bilan nima o‘zgardi? Birinchi navbatda Babayan kuchli psixolog. U hammani yig‘ib butun jamoa bilan va har birimiz bilan alohida suhbatlashdi. Har bir futbolchi uchun kerakli so‘zlarni topa oldi va hammaning kayfiyati ko‘tarildi. Yigitlar o‘z kuchiga ishonganidan so‘ng, natija ham ijobiy bo‘ldi.
KXDRga qarshi o‘yin? Albatta, bu o‘yin 6 ochko uchun bo‘ladi. O‘zbekistondagi barcha terma jamoa jahon chempionatiga chiqishini istaydi, kurashni davom ettirish uchun esa guruhda birinchi o‘rinni egallash kerak. Shu sababli mamlakatimizdagi barcha ushbu o‘yinni kutmoqda. Bizni faqat g‘alaba qoniqtiradi. Shimoliy Koreyaga qarshi iloji boricha yaxshi tayyorgarlik ko‘rmoqchimiz" - deydi Odil Ahmedov.