Jamiyat | 23:53 / 30.10.2015
3605
1 daqiqa o‘qiladi

Olmaota hokimiyati shaharda tramvay yurishini taqiqladi

31 oktabrdan boshlab, Qozog‘istonning “Almatielektrotrans” tramvay korxonasi o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Bu qarorga tegishli tashkilotlarning maxsus olib borgan tekshiruvlari natijasida kelingan, deb xabar bermoqda NUR.KZ

Ushbu ish yuzasidan tekshiruv olib borgan mutaxassislarning xulosasiga ko‘ra, bu borada bir qancha qonun buzilishi holatlari uchragan. Masalan: temir yo‘ldagi mavjud barcha bo‘g‘inlarda 50 mm dan iborat bo‘shliq bor, relslar oralig‘i 2-2,5 sm ni tashkil etadi, eski shpallar chirigan, relslarning bosh qismida yoriqlar mavjud, bularning bari hujjatlashtirilmagan va hokazo. Bunga muvoffiq tramvay yo‘li avariya holatida bo‘lib, ta'mir talab etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish