Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston yadroviy xavfsizlikni kuchaytirmoqda
O‘zbekiston Markaziy Osiyoni yadrodan holi zonaga aylantirish prinsipiga izchil rioya qilmoqda, deb hisoblaydi ekspertlar. 24 sentabr kuni Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) yordamida mamlakat o‘zining yuqori boyitilgan uran zaxiralarini xorijda xavfsiz saqlashga yubordi.
Oradan bir muddat o‘tib, 5 oktabr kuni O‘zbekiston hukumati kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy materiallar bo‘yicha ilg‘or tajriba markazlari Toshkent mintaqaviy kotibiyati faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi.
Kotibiyat faoliyati Markaziy Osiyo yadroviy xavfsizligini mustahkamlashga yo‘naltiriladi.
5 noyabr kuni ushbu rezolyutsiyaga muvofiq O‘zbekistonda xavfli materiallarni tarqatishga qarshi kurash bo‘yicha mutaxassislar guruhi shakllantiriladi.
Muallif: Maksim Yeniseyev, Central Asia Online