15:13 / 30.10.2015
5257

O‘zbekistonda san'at faxriylariga bag‘ishlangan hujjatli filmlar olinmoqda

O‘zbekistonda bir qator mashhur san'atkorlarning hayot yo‘li va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli filmlar suratga olinmoqda. Bu haqda “O‘zbekfilm” kinostudiyasi direktori v.b. Komiljon Shamsuddinov ma'lumot berdi.

“Ayni vaqtda O‘zbekiston xalq artistlari Yoqub Ahmedov, Rixsi Ibrohimova, Yayra Abdullayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Klara Jalilova hayoti, ilmiy va ijodiy faoliyati haqidagi hujjatli filmlar tayyorlanmoqda, - uning so‘zlarini keltiradi “Darakchi” gazetasi. – O‘zbekiston xalq artistlari Husan Sharipov, San'at Devonov, Bahodir Yo‘ldoshev to‘g‘risidagi hujjatli filmlar ssenariylari ustidagi ishlar davom ettirilmoqda”.

Top